Adminga murojat: email: toxtaboyev90.90@mail.ru Telelfon numer: +99893-491-66-35

BILIMLAR KUNI — YANGI MAQSADLAR SARI ILK QADAM

Sana: 09.09.26 Muallif: Ataboyeva_Minojat

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining ilk kuni — “Bilimlar kuni” keng nishonlandi. Chortoq tumani MMTB ga qarashli 35- umumta’lim maktabida “Bilimlar kuni” o'tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida o‘quvchilar tayyorlangan badiiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan bolajonlar uchun bu kunning taassurotlari bir umr yodda qolishi shubhasiz. Qalblarida katta orzular bilan birinchi qo‘ng‘iroq sadolari ostida sinf xonalariga yo‘l olgan o‘quvchilar uchun yangi o‘quv yili ezgu maqsadlar va ulkan yutuqlar sari tashlangan ilk qadam bo‘ldi.

Izohlar
Tahrirlash | O'chirish | Barcha postlar