O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilingan kuni munosabati bilan Chortoq tumani MMTB ga qarashli 35-sonli maktabda o‘tkazilgan bayram tadbiri ko‘tarinki va vatanparvarlik ruhida MMIBDO' Umurzaqova Ma'mura tomonidan tashkil etildi. ☘ Maktabda “Ona Tilim – G‘ururim, Iftixorim!” nomli bayram tadbiri o'tkazildi. ☘Bayram ertalabdan maktab hovlisida va sinfxonalarda ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlandi. Maktab binosi ona tilimiz, milliy qadriyatlarimiz hamda ma’rifatparvar alomalarimizning purmano hikmatli sözlari va she’riy misralari tushirilgan plakatlar bilan bayramona bezatildi. ☘ Tilimizni doimo sof va beg'uborlini asraylik .